Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida “IT Park” filiali ochildi. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.
Umumiy maydoni 5072 kv.m bo‘lgan uch qavatli binoda o‘quv va ofis xonalari hamda frilanserlar uchun kovorking zonalari mavjud. Rezidentlar zarur texnik uskunalar bilan jihozlangan ofislarga joylashishlari mumkin bo‘ladi.
Bu yerda “MAAB Innovation” kompaniyasi joylashgan bo‘lib, u yoshlarni talab yuqori bo‘lgan IT-yo‘nalishlarida o‘qitishni rejalashtirmoqda. Xorijiy kompaniyalarda ishlashni xohlovchilarga IT, dasturlash va chet tillari bo‘yicha o‘qishlari mumkin bo‘ladi.
Ta’lim dasturi “soft skills” bo‘yicha kasbiy rivojlanishni ham o‘z ichiga oladi, bu esa yoshlarga xalqaro kompaniyalar talablariga muvaffaqiyatli moslashishga yordam beradi.
Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlar “MAAB Innovation"da kafolatlangan ish o‘rniga ega bo‘lishlari va AQShdagi yirik IT-korxonalarning IT-loyihalarini amalga oshirishlari mumkin.
Bundan tashqari, binoda “IT Park” rezidenti “Unicall” kompaniyasi ofisi ham joylashadi. Xorijiy tashkilotlarning aloqa markazlarida (BPO-xizmatlar) ishlash uchun mutaxassislarni yollash rejalashtirilgan.
IT-kompaniyalar “Zero Risk” dasturi doirasida “IT Park” filialida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari mumkin. Ularga operatsion xarajatlarni optimallashtirish va yangi bozorlarga chiqish imkoni beriladi. Buning uchun havola orqali ariza to‘ldirish kerak.
“Zero Risk” dasturi mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda IT va BPO autsorsingi sohasida eksport faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan.