Nukusdan Qozog‘istonning Mangistau viloyatiga yangi poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
Nukus-Mangistau-Nukus yo‘nalishidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlar joriy yilning 22-avgustidan Nukus vokzalidan amalga oshiriladi.
Poyezd harakat jadvali quyidagicha:
22-avgustdan haftaning payshanba, shanba, seshanba kunlari 650-sonli “Nukus — Mangistau” yo‘nalishi
- Nukus 20:16 — Mangistau 17:14
23-avgustdan haftaning juma, yakshanba, chorshanba kunlari 649-sonli “Mangistau — Nukus” yo‘nalishi
- Mangistau 18:54 — Nukus 15:22
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkentdagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.
Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalari hamda havola orqali onlayn xarid qilish mumkin.
Avvalroq 15-iyuldan 15-avgustgacha “To‘qimachi” hamda “Toshkent yo‘lovchi” bekatlari oralig‘idagi temir yo‘lda texnik ta’mirlash ishlari olib borilishi ma’lum qilingandi. Shu sabab, Toshkent-Markaziy vokzalidan amalga oshiriluvchi aksariyat poyezdlar Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanadi.