Ekologiya vazirligi hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan O‘zbekiston hududida ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan qayta ishlatilishi majburiy bo‘lgan chiqindi tovarlarining belgilari bo‘yicha ro‘yxati ishlab chiqildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ro‘yxatda plastmassalar, qog‘ozlar, metallar, shishalar, kompozitli materiallar, batareya va akkumulatorlar hamda qurilish chiqindisi kabi materiallar qayta ishlanishi bo‘yicha kod raqamlari va belgilar qo‘yilgan.
Bundan tashqari, unda mazkur belgilarning identifikatorlari, tavsifi hamda foydalanish materiallari batafsil keltirilgan. Ro‘yxat bilan havola orqali tanishish mumkin.
Zaruratga qarab, majburiy bo‘lgan chiqindi tovarlarining belgilari bo‘yicha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritiladi hamda tasdiqlanib boriladi. Tasdiqlangan ro‘yxat 12 oydan keyin kuchga kiradi.
Vazirlikning qayd etishicha, chiqindilarni qayta ishlash ikkilamchi xomashyolardan samarali foydalanish imkonini beradi, bu orqali atrof-muhit ifloslanishining oldi olinadi.
Yil boshida prezidentning chiqindilarni boshqarish tizimini yaxshilash va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan farmoni qabul qilingandi.
Hujjat bilan Ekologiya vazirligi bir qator chiqindilarni qayta ishlash yoki xavfsiz utilizatsiya qilishni tashkil etishga biznes uchun “yashil subsidiyalar” ajratish tizimini joriy qilishi belgilangan.
Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- organik (oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) chiqindilaridan o‘g‘itlar ishlab chiqarish;
- gaz (elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun), suyuq yoqilg‘i, rezina xom ashyoni piroliz qilish;
- “Tetra Pak” qadoqlarini qayta ishlash;
- oqim manbalarini (batareyalar, akkumulyatorlar) qayta ishlash;
- gigiyena vositalarini (pedlar, niqoblar) qayta ishlash;
- lyuminessent lampalarni qayta ishlash;
- shishani qayta ishlash;
- elektron chiqindilarni qayta ishlash;
- kimyoviy moddalarni qayta ishlash (bo‘yoqlar, aerozollar, agregat suyuqliklar);
- plastik chiqindilarni qayta ishlash (PETdan tashqari).
Avvalroq Toshkent viloyatining Angren shahrida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi chiqindi yig‘ish shoxobchasi ishga tushirilgandi.