2023-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti birinchi marta $100 mlrddan oshdi, bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hamda Statistika agentligi hisobotida keltirilgan (“Spot"da mavjud).
Qayd etilishicha, Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshchiligidagi tadqiqot “kuzatilmaydigan iqtisodiyot “hajmini baholashga qaratilgan.
Baholash natijalariga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekiston YaIM 1,192 kvadrln so‘mni ($101,6 mlrd) tashkil etdi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, YaIM qayta ko‘rib chiqilgungacha 1,066 kvadrln so‘m bo‘lgan. Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni hisobga olish ko‘rsatkichning 10−12%ga o‘sishiga olib keldi va qo‘shimcha 125,6 trln so‘mni ($10,7 mlrd) tashkil etdi.
Tadqiqot quyidagi sohalarda “kuzatilmaydigan iqtisodiyot” ko‘rsatkichlarini hisobga oladi:
- xizmatlar;
- qurilish;
- mehmonxonalar va restoranlar;
- sog‘liqni saqlash;
- ta’lim.
Tadqiqot natijalari 6-avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida (AOKA) o‘tkaziladigan matbuot anjumanida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
2023-yilning sentabr oyida ekspertlar tomonidan yashirin iqtisodiyot hajmi $32 mlrd (YaIMning qariyb 40%i) deb baholangandi. Asosiy tarkibiy qismlar uy-joy va transport vositalarining ikkilamchi bozori, qishloq xo‘jaligi, norasmiy savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidir.