“Meta” o‘zining “Instagram” ijtimoiy tarmog‘iga yangi funksiya qo‘shdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qildi.
Bu orqali foydalanuvchilar sun’iy intellekt yordamida o‘zlarining raqamli nusxalarini yaratishlari mumkin.
Neyron tarmoq blogerlar nomidan obunachilar bilan shaxsiy chatlarda yoki postlarga izohlarda muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Foydalanuvchi o‘zining raqamli nusxasini “AI Studio” vositasi yordamida yaratishi mumkin — funksiya veb-interfeys orqali yoki AI bilan yozishmalarni boshlagandan so‘ng darhol ilovada ishlaydi.
Qayd etilishicha, sun’iy intellektni “Instagram"dagi kontent bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar bilan sozlash imkoniyati mavjud.
Bunda baham ko‘rish mumkin bo‘lgan havolalarni o‘rnatish, shuningdek yozishmalarda oldini olish kerak bo‘lgan mavzularni ko‘rsatish mumkin.
Foydalnuvchi avtomatik javoblarni yarata oladi va muloqot qilish uchun ruxsat berilgan foydalanuvchilarni belgilaydi.
“Meta”, shuningdek, butunlay yangi sun’iy intellket belgilarini yaratishga imkon beradi, keyin ularni “OpenAI” do‘konida baham ko‘rish mumkin.
Avvalroq “Spot” “Instagram” o‘tkazib bo‘lmaydigan reklamalarni sinab ko‘rishni boshlagani haqida yozgandi.
Reklama tanaffuslari deb ataladigan bu funksiya foydalanuvchining tasmani aylantirishini 3−5 soniya davomida to‘xtatib qo‘yadi.