“Nissan” Yaponiyadagi asosiy zavodida avtomobil ishlab chiqarishni qisqartirmoqda.

Bu Amerika bozorida eski “Nissan” modellariga talabning sustligi bilan bog‘liq, deya xabar berdi Reuters.

Qayd etilishicha, “Nissan” ikkinchi chorakda foydaning jiddiy pasayishini qayd etgan va joriy yil uchun prognozini qayta ko‘rib chiqqan.

Bu kompaniya o‘zining eng yirik tashqi bozori bo‘lgan AQShda o‘rnatishga majbur bo‘lgan chegirmalar bilan bog‘liq.

Chegirmalar bilan yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisi talabning kamayishi fonida Amerika bozorida o‘z avtomobillarini sotishni rag‘batlantirmoqchi, chunki “Toyota” va “Honda” kabi raqobatchilaridan farqli o‘laroq, “Nissan “AQShda o‘z assortimentida gibrid modellarga ega emas.

Aytilishicha, kompaniya rahbariyati elektromobillarga bo‘lgan qiziqishning pasayishi fonida Amerika avtomobil bozoridagi e’tiborning gibridlarga o‘zgarishini o‘z vaqtida hisobga olmagan.

Natijada, “Nissan” Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Kyushu shahridagi zavodida avtomobil ishlab chiqarishni 25 ming donagacha qisqartirishga qaror qildi.

Shunday qilib, eksport bozorlari uchun “Nissan Rogue” krossoverining iyul tiraji atigi 10 ming nusxani tashkil qiladi, bu avvalroq rejalashtirilgan hajmlarning yarmini tashkil etadi.


Avvalroq “Spot” “Nissan” AQShda 84 mingga yaqin eski avtomobillarini qaytarib olishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, avtomobillarning qaytarib olinishiga nuqsonli Takata xavfsizlik yostiqchalari sabab bo‘lgan.