“Telegram” jamoasi messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi. Android va iOS uchun ilova 10.15 versiyasiga yangilandi.
Telegram Brauzer
Ilova ichidagi brauzer bilan ochadigan sahifalarni endi pastki panelda yig‘ish va qayta ochish mumkin, bu xabarlar va veb-saytlar, tezkor ko‘rish maqolalari va mini ilovalar orasida erkin harakatlanish imkonini beradi.
“Telegram"ning brauzeri barcha mobil va rasmiy desktop ilovalarida TON tarmog‘idagi markazlashmagan veb-saytlarni dastaklaydi. Bu deyarli 1 mlrd oylik foydalanuvchilarga Web3 imkoniyatlaridan erkin foydalanish imkonini beradi.
Endi maqola o‘qiyotganda, veb-sahifani ko‘rayotganda yoki o‘yin o‘ynayotganda bildirishnoma olinsa, xabarlaringizni tekshirish va kerakli joyni yo‘qotmasdan qaytish mumkin. Sahifaga keyinroq qaytish uchun bukmarklar kiritish ham mumkin.
Dasturchilar markazlashmagan TON saytlari haqida batafsil axborotni ton.org saytiga kirib yoki Telegramning oxirgi versiyasida getting-started.ton saytini ochib bilib olishi mumkin.
Mini ilovalar do‘koni
“Telegram"ning 950 mln foydalanuvchisidan har oyda 500 mlndan ortig‘i mini ilovalar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi.
“Qidiruv” rukniga yangi “Ilovalar” sahifasini qo‘shildi, bu yerda foydalanadigan ilovalar ro‘yxati va mashhur mini ilovalar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Endi barcha o‘yin va xizmatlarga tezda kirish yoki yangi narsalarni topish mumkin.
Dasturchilar endi foydalanuvchilarga nima kutishlarini bildirish uchun mini ilova prevyulari uchun video demolar va skrinshotlar yuklashi mumkin.
“Telegram Yulduzlardan foydalanadigan mini ilovalar endi “Ommabop ilovalar” bo‘limida ko‘rsatilish imkoniyatiga ega. Dasturchilar mini ilovalar haqida batafsil axborot bilan ushbu sahifada tanishishi mumkin.
Mini ilovalardan hikoyalarga ulashish
Mini ilovalar endi foydalanuvchilar bevosita mini ilovadan “Telegram” hikoyasi sifatida ulashishi uchun sun’iy intellektlar yaratgan videolar, yutuqlar yoki yetakchilar jadvalining suratlari kabi maxsus hikoya kontentini yaratishi mumkin.
Bu yangi turdagi ilovalardan foydalanish imkonini beradi, mavjudlariga esa o‘z foydalanuvchilarining kontaktlari orasida tarqalish orqali auditoriyani oshirishga yordam beradi.
Dasturchilar ushbu funksiyani mini ilovalariga qo‘shish haqida batafsil axborot olish uchun bu yerga kirishi mumkin.
Do‘stlarga yulduzlar hadya qilish
“Telegram Yulduzlar” mini ilovalarda raqamli mahsulotlar sotib olish yoki kanallarda pulli kontentga kirish imkonini beradi. Bu yangilanish bilan kontaktlar uchun yulduzlarni hadya sifatida sotib olish mumkin.
Yulduzlarni hadya qilish uchun Sozlamalar > Yulduzlarim rukniga kirish (iOS ilovasida hozirda ushbu menyuni faqat avval o‘zingiz uchun yulduzlar sotib olgan bo‘lsa ko‘rinadi).
Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan foydalanuvchilar maxsus bo‘limda ro‘yxatning yuqorisida paydo bo‘ladi. Hadya qilingan yulduzlar chatda chiroyli animatsiyali hadya qutisi sifatida ko‘rinadi.
Video xabarlarni yozishda chaqnoq
Video xabarlar endi qorong‘ida yozayotganda ekranni qo‘shimcha yorug‘lik bilan yoritish uchun old chaqnoqdan foydalanish imkonini beradi.
Video yozishga almashish uchun xabar panelidagi mikrofon belgisini bosish, keyin video xabarni yozish uchun kamera belgisini bosib turish kerak. Yozishda davom etish uchun yuqoriga suring va pastki chap burchakdagi chaqnoq belgisini bosish kerak.
Hikoyalarda ob-havo vidjeti
Endi hikoyani yangi animatsiyali vidjet yordamida ob-havo haqidagi dolzarb axborot bilan to‘ldirish mumkin.
Vidjet tomoshabin qurilmasidagi sozlamalarga qarab Selsiy yoki Farengeyt orasida avtomatik almashadi, shuning uchun C va F tanlashga to‘g‘ri kelmaydi. Bulutsiz kechalarda vidjet oy fazasi ko‘rinishini ko‘rsatadi.
Hikoyaga “Stikerlar” ruknidan musiqa, havolalar yoki joylashuv qo‘shish ham mumkin.
Hikoya muqovalari
Profilga video hikoya joylaganda qaysi kadr muqova rasmi sifatida ishlatilishini tanlash mumkin.
MacOS uchun ilovada brauzer va mini ilova varaqlari
macOS uchun Telegramdagi yangi brauzer yangi varaqlari barcha narsani dastaklaydi: o‘yinlar, mini ilovalar, tezkor ko‘rish sahifalari va hatto “TON” tarmog‘idagi “Web3” saytlari.