Visa xalqaro to‘lov tizimining virtual kartasi oldindan buyurtma qilish Uzum Bank o‘z infratuzilmasida yo‘lga qo‘ygan birinchi moliyaviy mahsulot bo‘ldi. Avgust oyi davomida kartani oldindan buyurtma qilgan har bir kishi uchun Uzcard va Humo kartalari o‘rtasida bepul o‘tkazmalar mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, kartani oldindan buyurtma qilish foizsiz davr bilan mikrokredit olish imkoniyatini beradi.
Tasdiqlangan kredit summasidan onlayn va oflayn xaridlarni to‘lash uchun foydalanish, Uzum kartasiga o‘tkazish yoki naqd pulda yechib olish mumkin. Shuningdek, Uzum kartasi egalari uchun Uzum Market, Uzum Tezkor maxsus takliflari va Uzum ekotizimi servislaridagi boshqa bonuslardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi.
“Biz Uzum Bank`ning birinchi moliyaviy mahsulotini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz va, albatta, birinchi foydalanuvchilarimizga ilovada karta paydo bo‘lishidan oldin ham eng qulay sharoitlarni taklif qilmoqchimiz. Shunday qilib, kartani oldindan buyurtma qilgan Uzum Bank mijozlari har qanday Uzcard va Humo kartalari o‘rtasida bepul pul o‘tkazishlari mumkin. Yaqin kelajakda biz kartaning ishga tushirilishini e’lon qilamiz va uni oldindan buyurtma qilgan mijozlar shu paytning o‘zida Uzum Bank`ning yangi qulay moliyaviy vositasiga ega bo‘lishlari mumkin”, — dedi Uzum Fintech bosh direktori Yegor Abramets.
O‘zbekiston rezidentlari kartani Android va iOS`dagi Uzum Bank ilovasida oldindan buyurtma qilishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni bir necha daqiqa davom etadi.
Uzum Bank — bu Uzum milliy raqamli ekotizimiga kiruvchi raqamli bank. Uzum Bank orqali tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov butun mamlakat bo‘ylab 15 mingta hamkorlik punktlarida amalga oshirilishi mumkin, bunda hamkorlarning qariyb 40 foizi Uzum Bank orqali to‘lashda 20 foizgacha keshbek taklif qiladi. Ilovada qulay to‘lov va P2P o‘tkazmalaridan tashqari, Uzum Nasiya orqali har qanday tovar va xizmatlarni 25 mln so‘mgacha nasiyaga olish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.