O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 581,86 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 6 so‘m 98 tiyinga oshdi.

15-may kuni dollar kursi rekord darajani qayd etib, 12 727 so‘mni tashkil etgandi.

O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.

Avvalroq Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5% bandga pasaytirib, yillik 13,5% darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.