Amerikalik tadbirkor Ilon Mask “Bloomberg Billionaires Index” talqini bo‘yicha dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egalladi.

2-avgust holatiga, “Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari rahbarining boyligi $242 mlrdga baholanmoqda.

Ikkinchi o‘rinda “Amazon” asoschisi Jeff Bezos, uning boyligi $207 mlrdga baholangan. Kuchli uchlikni “Louis Vuitton Moet Hennessy” (LVMH) rahbari va egasi Bernard Arno $182 mlrd boyligi bilan yakunladi.

Undan keyingi o‘rinni “Meta"asoschisi Mark Sukerberg $177 mlrd bilan eggalagan bo‘lsa, kuchli beshlikni $157 mlrd bilan “Microsoft” asoschisi Bill Geyts yakunladi.

Kuchli o‘ntalikda Larri Peyj ($153 mlrd), Larri Ellison ($152 mlrd), Stiv Balmer ($145 mlrd), Sergey Brin ($144 mlrd) va Uorren Baffet ($136 mlrd) bor.

Mart oyi boshida “Bloomberg Billionaires Index"da Ilon Mask eng boy odamlar reytingida birinchi o‘rinni boy bergandi.

“Tesla” kompaniyasi aksiyalari 7,2%ga tushganidan keyin, Mask yuqori pog‘onadagi o‘rnini Jeff Bezosga boy berdi.

60 yoshli “Amazon” asoschisi Jeff Bezos 2021-yilda birinchi marta “Bloomberg"ning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagandi.


Avvalroq “Bloomberg” nashri 2023-yilning dunyodagi eng badavlat oilalari reytingini ma’lum qilgandi.