“Intel” operatsion xarajatlarni kamaytirish uchun 19 mingga yaqin xodimni qisqartiradi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri xabar berdi.
“Bu kompaniyaning 2025-yilda $10 mlrddan ko‘proq tejashga yordam beradigan biznesni optimallashtirish rejasining bir qismidir”, deyiladi kompaniya bayonotida.
Qisqartirish kompaniya xodimlarining 15%iga ta’sir qiladi, hozirda kompaniyada 125 mingdan ortiq xodim ishlaydi.
Qayd etilishicha, daromad ko‘rsatkichlari “Intel” kutganiga mos kelmaydi va xarajatlar esa juda yuqori bo‘lmoqda.
2024-yilning ikkinchi choragi natijalariga ko‘ra, kompaniya daromadi $12,8 mlrdni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1%ga kam. Sof zarar — $1,61 mlrd, Bu o‘tgan chorakga nisbatan $437 mlnga ko‘pdir.
Bundan tashqari, “Intel” marketing va ilmiy-tadqiqot ishlariga (tadqiqot va ishlanmalar) sarflanadigan xarajatlarni 2026-yilga qadar milliardlab dollarga qisqartiradi. Va u 2024-yilda kapital xarajatlarni 20%ga qisqartiradi.
Yangilikdan so‘ng ishlab chiquvchining aksiyalari 20%ga tushib ketdi. 2024-yil 1-avgustdagi savdolar yopilganda, har bir qimmatli qog‘oz $29,05 baholandi. Savodlar yopilgandan so‘ng, postmarket $23,04ni tashkil etdi.
Avvalroq “Spot” “Tesla” butun dunyo bo‘ylab xodimlarining 10%dan ortig‘ini ishdan bo‘shatishi haqida yozgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qisqartirishlar kompaniyaning taxminan 14 ming nafar xodimga ta’sir qiladi.