Turkiyada “Instagram” ijtimoiy tarmog‘iga kirish bloklandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Mahalliy axborot texnologiyalari regulyatori Turkiya mamlakatdagi ijtimoiy tarmoqqa kirishni yopganini ma’lum qildi. Qaror 2024-yil 2-avgustda qabul qilingan.

“Instagram” qanday sharoitlarda va qachon blokdan chiqarilishi mumkinligiga aniqlik kiritilmagan.

Shu bilan birga, Turkiya prezidenti ma’muriyati huzuridagi Aloqa bo‘limi rahbari Fahrettin Altun 31-iyul kuni ijtimoiy tarmoqni Falastin Siyosiy byurosi rahbari vafotidan so‘ng foydalanuvchilarning hamdardlik xabarlarini joylashtirishiga “faollik bilan to‘sqinlik qilgani” uchun qoraladi.

Altun ijtimoiy tarmoq harakatlarini senzuraning ko‘rinishi deb atadi va “global ekspluatatsion adolatsizlik tizimi"ga xizmat qilishini qayta-qayta isbotlagan platformalarga qarshi chora ko‘rish orqali so‘z erkinligini himoya qilishga va’da berdi.

Reuters” va “Bloomberg” nashrlari qayd etishicha, bloklanish sababi ijtimoiy tarmoqning siyosiy nashrlarga nisbatan senzurasiurasi bilan bog‘liq.


Avvalroq “Spot” “Instagram” foydalanuvchilarning sun’iy intellekt nusxasini yaratish funksiyasini qo‘shgani haqida yozgandi.

Neyron tarmoq blogerlar nomidan obunachilar bilan shaxsiy chatlarda yoki postlarga izohlarda muloqot qila oladi.