“Google” “YouTube"ning Rossiyadagi faoliyatidagi nosozliklar kompaniyaning texnik muammolari bilan bog‘liq emasligini ma’lum qildi.
1-avgust kuni yarim tundan boshlab Rossiyada foydalanuvchilar xizmatdagi uzilishlar haqida shikoyat qila boshladilar, deya yozmoqda “Kommersant”.
"YouTube"ga ulanishning kanal tezligi 322 Kbit/s, oldindan yuklangan video qismining uzunligi nolga teng edi. O‘tgan haftada kanal tezligi pasayib ketdi. Shunday qilib, 25-iyulda 8,5 Mbit/s, 30-iyulda esa 918 Kbit/s.
Kun davomida 14 mingdan ortiq foydalanuvchi ushbu xizmat yuzasidan shikoyat qilgan. Shu bilan birga, Rossiyada “YouTube” qamrovi o‘sishda davom etmoqda va trafik ham oshib bormoqda.
Mamlakatda “YouTube” desktop versiyasining sekinlashishi reklama beruvchilarning videoxostingda joylashtirish xarajatlarini kamaytirishga olib kelmaydi. Umuman olganda, ta’sir qiluvchi marketing bozori ham pasaymaydi, deydi ekspertlar.
12-iyul kuni “Rostelekom” Rossiyada “YouTube"ning ishlashi yomonlashishi mumkinligini e’lon qildi.
Sababi, “Google” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan va “YouTube"ni boshqarishda foydalanilgan uskunaning ishlashida kuzatilgan texnik nosozliklardir.
26-iyul kuni Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteyn Rossiyada “YouTube” tezligi kelasi hafta oxirigacha 70%ga tushishi haqida ma’lum qildi.
Ushbu chora faqat ish stoli versiyalari uchun ta’sir qilib, mobil qurilmalarda platforma odatdagiday ishlashda davom etishi xabar berildi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbekistonda “Youtube” videoxostingi faoliyatidagi uzilishlar haqidagi xabarlarni rad etdi.
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlardagi mahalliy foydalanuvchilar “Youtube"ning yomon ishlashi, jumladan, videolarning sekin yuklanishi haqida shikoyat qilishmoqda. Bir nechta “Spot” jurnalistlari ham xizmatdan foydalanishda xuddi shunday muammoga duch kelishdi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati “Spot"ga “YouTube” “me'yorida” ishlayotganini bildirdi. Bundan tashqari, Rossiyada videoxosting tezligining sekinlashishi bilan bog‘liq vaziyat O‘zbekistonga “hech qanday ta’sir qilmaydi”, deya ta’kidlandi.
“Agar „YouTube“ bir davlatda sekinlashsa, bu O‘zbekistonda ham sekinlashadi, degani emas, ya’ni bir davlatga bog‘lanib qolinmagan”, — dedi Sherzod Axmatov.
Avvalroq “Spot” Rossiyada “YouTube"ning yangi analogi taqdim etilgani haqida yozgandi.
U “Platforma” deb nomlanib, “YouTube” interfeysini to‘liq takrorlaydi va mahalliy videolarni taklif qiladi.