“Spot” o‘rgangan Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida iste’mol va avtokreditlar hajmi ikki barobarga qisqardi.
Yanvar-iyun oylarida fuqarolar tomonidan 8,91 trln so‘mlik avtokreditlar ajratildi, bu o‘tgan yilning shu ko‘rsatkichidan 2,07 barobar kamdir.
Eng yuqori oylik ko‘rsatkichlar yanvar va may oylariga to‘g‘ri keldi, o‘shanda 1,7 trln so‘m chiqarilgan.
Iste’mol kreditlari 2,09 martaga — 19,57 dan 9,36 trln so‘mga qisqardi. Eng ko‘p chakana kreditlar may oyida (1,8 trln so‘m) berilgan.
Iste’mol va avtokreditlarning eng keskin pasayishi may oyida kuzatildi, o‘shanda emissiya hajmi o‘tgan yilga nisbatan deyarli to‘rt baravar kamaygan.
1-iyuldan boshlab Markaziy bank aholiga kreditlar berish talablarini kuchaytirdi. Regulyator tomonidan o‘rtacha kredit to‘lovlarining qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati bilan hisoblangan qarz yuki ko‘rsatkichi joriy etildi.
Ushbu parametr jismoniy shaxslarga mikrokreditlashda allaqachon qo‘llaniladi. Mikrokreditlar berish qarz oluvchi daromadining yarmi bilan cheklandi.
1-iyulidan kredit (mikroqarz) ajratishda qarz yuki 60%ni tashkil etadi va 2025-yildan 50%ga tushiriladi.
Bundan tashqari, Markaziy bank fuqarolarga ipoteka va avtokreditlar berish talablarini kuchaytirdi. Qarz oluvchilarning kredit riskini baholashda qo‘shimcha ko‘rsatkich — “kredit / garov” nisbati hisobga olinadi.
O‘tgan haftada “ADM Jizzax avtomobil zavodi” bosh direktori Doniyor Davletiyarov Markaziy bank tomonidan avtokreditlar berishda “ochiqlanmagan cheklovlar” joriy etilgani haqida ma’lum qilgandi. Bu yil u avtomobillar savdosining 15%ga 350 ming donaga tushishini kutmoqda.
Avvalroq “Spot” Markaziy bank onlayn kredit berish talablarini kuchaytirayotgani haqida yozgandi.
Bundan tashqari, fuqarolar o‘rtasidagi shubhali pul o‘tkazmalarini to‘xtatib qo‘yish rejalashtirilmoqda.