“UzAuto Motors” Mo‘g‘uliston bozoriga birinchi avtomobillarni yetkazib berishni boshladi, deya xabar bermoqda kompoaniya matbuot xizmati.
30-iyul kuni “Chevrolet Cobalt” avtomobillarining birinchi partiyasi Asaka zavodidan Mo‘g‘ulistonga jo‘nab ketdi, bu “UzAuto Motors” uchun yettinchi mahsulot bozoriga aylandi.
Mahalliy yengil avtomobillar hozirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya bozorlarida mavjud.
Rasmiy dileri hisoblangan “Doctor Auto Chain” kompaniyasi “UzAuto Motors"ning distribyutori sifatida Mo‘g‘ulistonning Ulan-bator shahrida “Chevrolet” avtomobillarini sotish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni boshqarib boradi.
“UzAuto Motors” matbuot xizmatining qayd etishicha, “Chevrolet Cobalt” Mo‘g‘ulistonning noqulay iqlim va og‘irlashgan yo‘l sharoitlarida foydalanish uchun barcha talablarga javob beradi.
Kompaniyaning Mo‘g‘ulistondagi vakillari bilan strategik hamkorligi “Chevrolet” avtomobillarini Mo‘g‘uliston bozorida targ‘ib qilish va hamkor mamlakat mijozlari uchun yuqori darajadagi xizmatni taqdim etishga qaratilgan.
2023-yil dekabr oyi oxirida kompaniya 2024-yil uchun butun ishlab chiqarish hajmi uchun “Cobalt”, “Damas” va “Labo” avtomobillari sotuvini to‘xtatib, uch kun ichida 171 mingta avtomobilga shartnoma tuzgandi. Shu bilan birga, kompaniya qayta sotish uchun taklif qilingan shartnomalar bazasi yaratilishini e’lon qildi.
“Cobalt” shartnomasining navbatdagi bosqichi iyun oyida bo‘lib o‘tdi va 25 ming avtomobil partiyasiga buyurtma berish to‘qqiz soatdan ko‘proq vaqtni oldi. 5-iyul kuni 14 mingdan sal ko‘proq “Cobalt"ga qayta shartnoma tuzildi.
Iyul oyi o‘rtalarida “UzAuto Motors” 26,7 ming dona “Cobalt” avtomobili bilan qayta shartnoma tuzdi. Shartnomalarning katta qismi jismoniy shaxslar uchun tuzilgan. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda “Cobalt” sotuvda mavjud emas.
Avvalroq “Spot” “UzAuto Motors” oxirgi “Lacetti"ni ishlab chiqargani haqida yozgandi.