Muvaffaqiyatsizlik qiymati: Farhod Mahmudov aylanmasining deyarli 90%ini qanday yo‘qotgani va OSON strategiyasini uch marotaba o‘zgartirgani haqida
Bu safar moliyachi va OSON fintex kompaniyasi asoschisi Farhod Mahmudov o‘zining muvaffaqiyatsizliklari va umidsizliklari haqida ochiq so‘zlab berdi.
Biznes tarixi: Prada brendi qanday paydo bo‘lgan?
Kichkina do‘kondan modadagi eng kuchli brendlardan birigaсha: oilaviy italyan biznesi qanday tashkil etilgani va rivojlangani haqida gaplashamiz.
Dollarning rasmiy kursi iyul oyida qanday o‘zgardi?
O‘zbek so‘mi ikkinchi oydirki, dollarga nisbatan mustahkamlanmoqda. Yoz boshidan buyon milliy valyuta 58,81 so‘mga qimmatlashdi.
“YouTube me’yorida ishlamoqda” — Raqamli texnologiyalar vazirligi videoxosting xizmatidagi uzilishlar haqida
Vazirlik Rossiyada YouTube tezligining pasayishi O‘zbekistonga ta’sir qilmasligini ta’kidladi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- 2024/2025-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlari to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilashadi. - O‘zbekistonda dollar kursi bilan nima sodir bo‘lmoqda?
Tahlilchi Timurmalik Elmuradov so‘m zaiflashuvining oldini olish uchun bir nechta omillarni, jumladan, xomashyoni mamlakat ichida qayta ishlash, xizmatlar ko‘rsatish hamda yangi bozorlarga chiqish kerakligini sanab o‘tdi. - Telegramda navbatdagi yangilanishlar taqdim etildi.
Xususan, Telegram Brauzer, mini ilovalar do‘koni, yulduzlar hadya qilish va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi. - Poyezdlarda konditsioner ishlamasa yo‘lovchilarga kompensatsiya beriladi — Raqobat qo‘mitasi.
O‘zbekiston temir yo‘llari 19-iyuldan kupelardagi havo sovutish tizimi uchun to‘lov undirmasdan chipta narxidan chegirib qoldi. - “100% qo‘llab-quvvatlayman” — Davron Vahobov elektromobillarga import bojini kiritish taklifi haqida.
Savdo-sanoat palatasi raisi oldingi muloqotda ADM Jizzakh zavodi bosh direktori Doniyor Davletiyarov olib chiqqan masala monopoliya bilan bog‘lik emasligini, bunga kengroq qarash kerakligini aytdi. - Ilon Mask yana dunyoning eng boy odamiga aylandi.
Bloomberg talqini bo‘yicha Mask $241 mlrd boylik bilan dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egalladi. - Metan narxi keskin oshishiga yetarli asoslar yo‘q — Energetika vazirligi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari Azizxo‘ja Qobilov birjada propan narxi 25%ga oshgani ishlab chiqaruvchilar va importerlar tomonidan birjaga propan qo‘yish hajmlarining kamaygani bilan bog‘liq ekanligini qayd etdi. - UzAuto Motors Mo‘g‘ulistonga Cobalt avtomobillarini eksport qilishni boshladi.
Rasmiy diler mahalliy Doctor Auto Chain kompaniyasi hisoblanadi. Hozirda O‘zbekistonda Cobalt sotuvda mavjud emas. - Rossiyada Google, Android va iOS bloklanishi rejalashtirilmoqda.
Bu haqda Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksey Didenko ma’lum qilgan va boshqa platformalarga o‘tishni maslahat bergan. - Urganch xalqaro aeroporti 5-avgustdan o‘z faoliyatini tiklaydi.
Ikki hafta davomida aeroportda uzunligi 3 ming metr va eni 45 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagining qoplamasi almashtirildi.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
Uzum Bank Visa virtual kartasiga oldindan buyurtma berish xizmatini ishga tushirdi
Uzum Bank Visa xalqaro to‘lov tizimining virtual kartasiga oldindan buyurtma berish imkoniyatini ishga tushirdi. Bu infratuzilmada amalga oshirilgan birinchi moliyaviy mahsulot bo‘ldi.
Paynet: tez va komissiyasiz naqd pul yechib olish mumkin
Kompaniya agentlariga murojaat qilgan holda, QR-kodni skanerlab, shahardagi istalgan Paynet shoxobchasidan qo‘shimcha to‘lovlarsiz 1 mln so‘mgacha komissiyasiz naqd pul yechib olish mumkin.