“Upwork” kompaniyasining yangi tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, rahbarlar kutganidan farqli o‘laroq, sun’iy intellekt xodimlarning ish yuki va stressini oshirmoqda. Bu haqda “4pda” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, menejerlarning fikri sun’iy intellekt xizmatlarini ish jarayonlariga integratsiya qilish bo‘yicha ishlarning haqiqiy holatiga ziddir.

So‘rovda qatnashgan ishchilarning 77%i sun’iy intellekt texnologiyalari ularning charchashini oshirib, unumdorligini pasaytirayotganiga ishonishadi.

Top-menejerlarning 96%i sun’iy intellekt vositalarini ish amaliyotiga tatbiq etgandan so‘ng samaradorlikning oshishini kutishadi.

Biroq, rahbarlarning atigi 13%i bunday istiqbolli yutuqlarni amalga oshirish uchun adekvat strategiyalarni ishlab chiqdilar.

Sun’iy intellektdan foydalanadigan xodimlarning 47%i bu vositalar ularning mahsuldorligiga qanday yordam berishini ham bilmasligini aytdi.

Rahbariyatning umidlari va odamlarning haqiqiy natijalari o‘rtasidagi tafovut juda yuqori bo‘lib chiqdi.

Xodimlarning 71%i charchash haqida xabar berishgan va rahbarlarning 81%i o‘zlarining bo‘ysunuvchilariga talablarni oshirganliklarini tan olishgan.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda ishchilarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i charchash alomatlarini sezishi haqida yozgandi.

Mutaxassislarning fikricha, bu ish va hayot muvozanatiga erishish istagidan dalolat beradi.