2024-yilning birinchi yarmida 65 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan 42 ming nafarga yoki 2,8 barobarga oshgan.
Yanvar-iyun oylarida mamlakatga tijorat maqsadida kelgan xorijliklarning eng ko‘pi Turkmaniston hissasiga to‘g‘ri keladi. Birinchi yarim yillikda mazkur davlatdan 37 942 nafar fuqaro kelgan.
Undan keyingi o‘rinda 21 451 nafar fuqaro bilan Tojikiston hamda 1 569 nafar bilan Afg‘oniston turibdi. Xitoy (723 nafar) va Hindiston (582 nafar) kuchli beshlikni yakunladi.
Shuningdek, bu davrda Turkiyadan 529 nafar, Qirg‘iziston — 385 nafar hamda Janubiy Koreya — 329 nafar, AQSh — 199 nafar hamda Rossiyadan 157 nafar fuqaro tashrif buyurgan. Qolaversa, boshqa davlatlar ko‘rsatkichi 1 102 nafarni tashkil etdi.
Umuman, O‘zbekistonga yarim yilda 3,5 mln nafar turist tashrif buyurdi. Sayyohlarning eng yirik oqimi 1 mln nafardan ortiq sayyoh bilan Qirg‘izistonga to‘g‘ri keldi.
Avvalroq tarmoq va hududlar rahbarlari joriy yilda 11 mln xorijiy sayyohni olib kelish va turizm eksportini $2,5 mlrdga yetkazish uchun mas’ul va javobgar bo‘lishi belgilangandi.