Ilon Mask uning “Neuralink” kompaniyasi ikkinchi bemorga falaj bo‘lgan odamlarga raqamli qurilmalardan mustaqil foydalanish imkonini beruvchi chipni muvaffaqiyatli joylashtirganini aytdi.
“Men ko‘z tegishini xohlamayman, lekin ikkinchi implant bilan hammasi yaxshi bo‘lganga o‘xshaydi. Bu yerda ko‘p signallar va elektrodlar mavjud. Hammasi juda yaxshi ishlayapti”, dedi Mask.
Maskning aniqlik kiritishicha, ikkinchi bemor, xuddi birinchisi kabi, orqa miya jarohati olgan.
Qayd etilishicha, qurilmada 1 mingdan ortiq elektrod bo‘lishiga qaramay, ikkinchi bemordagi implantning 400ta elektrodi to‘g‘ri ishlamoqda.
Mask “Neuralink” ikkinchi bemorga qachon jarrohlik amaliyotini o‘tkazgani haqida ma’lumot bermadi, biroq bu yil yana sakkiz nafar bemorga implantlar berishni rejalashtirayotganini aytdi.
“Neuralink” 2024-yil iyun oyi oxirida ikkinchi bemorga miya chipini o‘rnatishi kerak edi, biroq bemorning sog‘lig‘i tufayli operatsiya to‘xtatildi.
Bemorning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar bor edi, bu esa uni eksperimental qurilmani sinab ko‘rish uchun yaroqsiz nomzodga aylantirdi.
May oyida “Neuralink” AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasidan “Telepatiya” miya implantatini ikkinchi bemorga joylashtirishga ruxsat olgandi.
Biroq, Ilon Maskning kompaniyasi birinchi bemor bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish majburiyatini oldi.
Mask 28-yanvar kuni “Neuralink” implantatsiyasining inson miyasiga muvaffaqiyatli joylashtirilgani haqida xabar bergandi.
Fevral oyida birinchi bemori sichqonchani fikrlash orqali boshqarishni o‘rgangani haqida ma’lum qilindi.
Ilon Mask bemor to‘liq tuzalib ketganga o‘xshaydi va unda hech qanday nojo‘ya ta’sirlar yo‘qligini ma’lum qildi.
Birinchi ko‘ngilli, 29 yoshli Nolan Arbo, taxminan sakkiz yil oldin baxtsiz hodisa tufayli falaj bo‘lganini va bu uning yelkasidan pastda hech narsani sezmasligini aytdi.
Arbo o‘z fikr kuchi bilan kursorni noutbuk ekranidagi shaxmat taxtasi bo‘ylab siljitib, bo‘laklarni qayta tartibga solishi mumkin edi.
Biroq, Arbo miyasiga o‘rnatilgan simlarning aksariyati zaiflashdi va endi uning fikrlarini kursor harakatiga aylantirish uchun zarur bo‘lgan elektr signallarini o‘qimadi.
Avvalroq “Spot” Ilon Mask yana dunyoning eng boy odamiga aylangani haqida yozgandi.
“Bloomberg” talqini bo‘yicha Mask $241 mlrd boylik bilan dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egalladi.