Joriy yilning 1-avgust holatiga “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 7,5 mlndan oshdi.
Qayd etilishicha, iyul oyida mobil ilova xizmatlaridan 78,6 mln martadan ko‘p foydalanilgan.
Shuningdek, 1-avgustdan “Soliq” mobil ilovasida tadbirkorlar uchun alohida xizmat ishga tushirildi.
“Soliq Biznes” xizmatidan foydalanish uchun korxona rahbari yoki bosh hisobchisi Face ID orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Yangilangan ilovaning 2.0.0 versiyasida tadbirkorlar uchun “Soliq Biznes” xizmati qo‘shildi. Xizmatdan foydalanish uchun korxona rahbari va bosh hisobchisi “Face ID” orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Xizmatning birinchi sahifasida korxona nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, korxona barqarorlik reytingidagi o‘rni hamda soliq majburiyatlarining bajarilgan yoki bajarilmaganlik holati ko‘rinadi.
Keyingi bo‘lim — korxonaning iqtisodiy faoliyatiga tegishli asosiy savollar va ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ular tadbirkorning “DSB ma’murchiligi” va “Mahallabay” ishlash tizimidagi mezonlari asosida aks ettiriladi.
Masalan, soliq hisobotlarining o‘z vaqtida taqdim etilganligini onlayn kuzatish, hisoblangan soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligini ko‘rish mumkin.
Shuningdek, bank hisobraqamlarini to‘xtatilgan yoki to‘xtatilmaganligi, yuborilgan va kelib tushgan elektron hisobvaraq-faktura elektron ishonchnoma va elektron shartnomalarning har bir holati keltirilgan.
Bundan tashqari Soliq qo‘mitasi sun’iy intellekt bazasida yaratilgan “DavrOn” virtual yordamchisini ishga tushirdi.
Mazkur yordamchi ai.soliq.uz manzilida joylashgan bo‘lib, 24/7 rejimida ishlaydi hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida muloqot qila oladi.
Uning yordamida soliq to‘lovchilar soliq va soliqqa tortish masalalarida ma’lumot hamda personal maslahatlar olishlari mumkin.
Uch oy davomida yaratilgan virtual yordamchida Soliq kodeksi, prezident va hukumat qarorlari, me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalarning 11 mln belgidan iborat bazasi yaratildi.
Shu bilan birga, unda soliq organlarining call-markaziga kelib tushayotgan onlayn-NKT, EHF, elektron raqamli imzo, elektron hisobotlar, markirovka va boshqa xizmatlarga oid savollarga javoblar ham mavjud.
Virtual yordamchi Soliq qo‘mitasining SI texnologiyalaridan foydalanadigan uchinchi xizmati hisoblanadi. 2022-yilda soliq to‘lovchilarni masofadan identifikatsiya qilish bo‘yicha Face ID xizmati joriy etilgan.
Shuningdek, sun’iy intellekt yuk avtotransport vositalari monitoringi tizimida ham qo‘llaniladi. Kompyuterning ko‘rish modeli yuk mashinalarini boshqa texnikalardan ajratish uchun maxsus kameradan olingan tasvirlardan foydalanadi.
ng to‘xtatilgan yoki to‘xtatilmaganligi, yuborilgan va kelib tushgan elektron hisobvaraq-faktura elektron ishonchnoma va elektron shartnomalarning har bir holati keltirilgan.