“Uzbekistan Airports” kompaniyasi Urganch aeroportini DXSh modeli asosida modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha tender e’lon qildi.
Qayd etilishicha, aeroportni modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
“Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish” loyihasini “Qurish-foydalanish-topshirish” modeli asosida amalga oshirish bo‘yicha tenderning birinchi bosqichini e’lon qiladi.
Shu kabi loyihalarni amalga oshirish tajribasiga ega barcha manfaatdor kompaniyalar tenderda ishtirok etishga taklif qilinadi.
Hujjatlarni topshirish qoidalari bilan uzairports.com rasmiy veb-saytida tanishish mumkin. Dastlabki malaka so‘rovi bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddati — 2024-yil 14-sentabr, Toshkent vaqti bilan soat 18:00gacha qabul qilinadi.
Joriy yilning 20-iyulidan Urganch xalqaro aeroporti o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgandi. 8-avgustgacha aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital ta’mirlash belgilangandi.
Urganch xalqaro aeroporti 2024-yil 5-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da o‘z faoliyatini tiklaydi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, qurilish-ta'mirlash ishlari belgilangan muddatdan avvalroq yakunlangan. Rejaga muvofiq ta’mirlash ishlari aeroportda 7-avgustgacha amalga oshirilishi kerak edi.
Rekonstruksiya vaqtida barcha reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo‘naltirilib, yo‘lovchilar Nukus aeroportigacha transport bilan ta’minlandi.
Ikki hafta ichida aeroportda uzunligi 3 ming metr va eni 45 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi qoplamasi almashtirildi va mustahkamlandi. Ikkinchi va uchinchi yurish yo‘laklari kapital ta’mirlandi.
Aeroportga Boeing 787 va Airbus A330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qilish Urganch shahriga reyslar soni va yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirish imkonini berishi ta’kidlangan.
Uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital rekonstruksiya qilish ishlari oxirgi marta 1997-yilda, shikastlangan qismlarini qisman ta’mirlash esa 2018-yilda amalga oshirilgan.