“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan 30% chegirma e’lon qilmoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Chegirma 31-avgustdan 3-sentabrgacha barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun aviachiptalar tariflariga amal qiladi.

Ularni 6-avgustdan 3-sentabrgacha booking.uzairways.com sayti, ilovada, “Uzbekistan Airways Sales” filialida va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Avvalroq “Uzbekistan Airways” 27-oktabrdan Toshkentdan Hindistonning Goa shahriga muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi.

Urganch xalqaro aeroporti 5-avgustdan o‘z faoliyatini tikladi. Ikki hafta davomida aeroportda uzunligi 3 ming metr va eni 45 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagining qoplamasi almashtirildi.