Yangiyo‘l tumanida 544,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan savdo do‘koni va avtomobillarni yuvish shoxobchasi aniqlandiю Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT J.D. tuman elektr ta’minoti korxonasi sobiq muhandisi O.T. bilan o‘zaro til biriktirgani aniqlangan.

Ular “Navbahor” MFY hududidagi savdo do‘koni va avtomobillarni yuvish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulangan.

Buning natijasida fuqarolar davlat va jamiyat manfaatlariga 544,8 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Avvalroq “Spot” Buxoro tumanida qariyb 4 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani aniqlangani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, hududda faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklari quvvati 55 kVt bo‘lgan suv nasosini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga yashirincha ulanib olgan.