13-iyul kuni IT Park University Open Day tadbirida o‘z eshiklarini hamma uchun keng ochdi. 200 dan ortiq abituriyentlar, ularning ota-onalari, IT mutaxassislari va talabalar universitetning zamonaviy ta’lim dasturlari haqida ma’lumot olish, xalqaro ekspertlar bilan suhbatlashish va ishga joylashish imkoniyatlarini o‘rganish uchun yig‘ildi. Jarayonni sizga hikoya qilamiz.
Dastur juda boy tayyorlangandi. Tadbirning asosiy xususiyati yirik IT kompaniyalari: EPAM, IT Park Uzbekistan, Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT-Bilim, IT Community of Uzbekistan i WTraining`dan taniqli spikerlarning hamkorligi bo‘ldi. 10 dan ortiq ekspert IT sohasi kelajagidagi o‘zgarishlar, muvaffaqiyatli karera sirlari va amaliy ta’limning foydasi haqida ma’lumot berdi, shuningdek, raqamli muhitda ishlashning afzalliklari va kamchiliklari muhokama qilindi.
Tadbirning rasmiy qismi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Xotamovich Shermatov va vazir o‘rinbosari Rustam Karimjonov tomonidan ochib berildi.
“IT Park University global EPAM kompaniyasi bilan hamkorligi tufayli ham noyobdir. Ta’lim faqat nazariyaga emas, balki amaliyotga qaratilgan va yetakchi ekspertlar tomonidan boshqariladi. Bu universitet sizning kelajagingiz uchun katta imkoniyatlar ochadi”, — dedi vazir Sherzod Xotamovich Shermatov.
IT Park University bosh direktori Bahodir Ayupov o‘z chiqishida kelgusi yillarda IT sohasidagi o‘zgarishlarni muhokama qildi. U 2025-yilga borib, IT mutaxassislariga bo‘lgan talab bozorda 8 barobar ko‘payishini ta’kidladi.
EPAM kompaniyasining vakillari Natalya Ni va Izzatxon Shamsiyev IT Community`da ishtirok etishning ahamiyati haqida gapirib, qanday qilib netvorking orqali xalqaro kompaniya a’zosi bo‘lganligini baham ko‘rdi va muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerakligi va IT sohasidagi xavflarni qanday chetlab o‘tish haqida qimmatli maslahatlar berdi.
IT Community rahbari Shavkat Karimov o‘z taqdimotida bo‘lajak mutaxassislarga amaliy maslahatlar berib, interaktiv o‘yinlar o‘tkazdi.
Tanaffus vaqtida xohlovchilar imtihonda bepul qatnashish imkonini beruvchi promo kodlar oldi va IT Park University`ning afzalliklari bilan batafsil tanishdi.
Ikkinchi kurs talabasi Nigora Mamadaliyeva tadbir doirasida boshlang‘ich mutaxassis sifatida jonli misol bo‘ldi. U Ispaniyada o‘tgan xalqaro stajirovka haqida va universitetning talabalar uchun imkoniyatlari haqida gapirdi.
Oxirgi spikerlar — IT-Bilim`dan Diana Gainullina va WTraining`dan Ruslan Andreyev kompaniyalarning xodimlar uchun mahalliy va xalqaro bozordagi talablarini taqdim etdi.
Panel muhokamasi tadbirning asosiy qismi bo‘ldi, unda ekspertlar O‘zbekistonda IT kelajagini muhokama qildi. E’tibor sifatli ta’lim, karera imkoniyatlari va innovatsiyalar kabi masalalarga qaratildi. Yosh mutaxassislarni rivojlantirishda ta’lim muassasalari va IT kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati ta’kidlandi.
IT Park University`ga kirish hujjatlarini topshirish muddati avgust oxirida tugaydi.
Imtihonlardan o‘ting va zamonaviy ta’lim muhitining bir qismi bo‘ling:
- amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim shakli;
- 70% o‘qituvchilar amaldagi mutaxassislar;
- Ta’lim davomida xalqaro stajirovkalar.
Talabalar imkoniyatlari haqida ba’tafsil ma’lumotlarni IT Park University`ning Instagram saxifasidan va rasmiy saytidan olsa bo‘ladi.
Telefon: (+998) 55−503−99−99.
Telegram boti: t.me/ITPU_bot
Reklama huquqlari asosida.