Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, Click manifesti barcha Click foydalanuvchilari uchun hurmat izhori, shuningdek, u kompaniya va uning xodimlarini o‘z yechimlarini yaratishga nima ilhomlantirayotgani haqidagi hikoya hamdir.
“O‘zing zo‘rsan-da”
“Zo‘rlik yoki „vau“ o‘zi nima? U aynan yirik, boy yoki modaga oid bo‘lishi shartmi? Aynan jamiyat tan olgan, mashhur yoki zamonaviy kasb bilan shug‘ullanuvchi insonlar zo‘r deb hisoblanadimi? Zo‘rlikning tashqi ko‘rinishga, kasbga, xulq-atvor yoki turmush tarziga talablari bormi?
O‘ylab qarasa, insonlar zo‘r narsalarni kuniga bir necha martalab amalga oshirishadi. Kichik bo‘lsa-da muvaffaqiyat qozonganda, qo‘limdan kelmaydi deb o‘ylagan biror narsani amalga oshirganda biz o‘zimizni maqtab turamizmi?”.
Bugunda Click har bir foydalanuvchi zo‘rligini va bunday lahzalarni o‘zlari yaratishini eslatmoqchi. Kompaniya har kuni ko‘chada uchratish mumkin bo‘lgan millionlab odamlar o‘rnatilgan ilova bilan telefon olib yurishidan ilhomlangan va bu ularni super foydalanuvchilarga aylantirib, ularga ishonch bag‘ishlaydi. Click bunday lahzalarni o‘zi yaratadi. Zero uni har bir o‘zbekistonlik dunyo fintexining bir qismi bo‘lib, peshqadam IT-yutuqlaridan foydalanish imkoniga egaligini yoqtiruvchi odamlar ishlab chiqadi. Click yordamida hatto murakkab muammo ham zo‘r va butunlay sodda hal qilinish mumkinligi kompaniyaga zavq bag‘ishlaydi.
“Siz bizni ilhomlantirasiz, biz sizga ishonamiz. O‘zing zo‘rsan-da”, — o‘rtoqlashdi Click.
Brendning mazkur bayonoti — bu Click kompaniyasining deyarli 13 yillik tarixining davomidir.
“Aynan shu hissiyot va fikr hatto kompaniya keskin o‘sganidan keyin ham xodimlarning ishtiyoqini saqlab qolishga yordam bergan. Shu bilan birga foydalanuvchilar uchun nafaqat qulay ilova yaratish, balki ularni ilhomlantirishga ham yordam beradi. Aynan shu manifestning asosini tashkil etdi. Brend doimo mazkur tamoyillar asosida yashab kelgan va bugunda Click bu haqda batafsil gapirib berayotgani juda yaxshidir”, — chop etilgan videorolikni izohladi Click marketing departamenti direktori Yuliya Minnullina.
Sayt: click.uz
Facebook: fb.com/click.uz
Instagram: @clickuz
Telegram-boti: t.me/clickuz
Reklama huquqlari asosida.