Endi “Google Play"da uchinchi tomon ilovalarini yangilash mumkin. Bu haqda “hi-tech-mail” nashri xabar berdi.
“Google” ilovalar do‘koni uchun yangi variantni ishlab chiqdi. Endi barcha yordamchi dasturlarni bir joydan, tez va qulay yangilash mumkin.
Android operatsion tizimi uchinchi tomon ilovalari do‘konlaridan yordam dasturlarini va hatto internetdan oddiygina yuklab olingan “apk” fayllarini o‘rnatishga imkon berishi bilan mashhur.
Ikkinchi variant juda xavfli, ammo qo‘llab-quvvatlanmaydigan qurilmalarda dasturlarni o‘rnatish bo‘yicha mintaqaviy cheklovlar yoki taqiqlarni chetlab o‘tishga imkon beradi.
Biroq, uchinchi tomon manbalaridan o‘rnatilgan barcha ilovalar umumiy xususiyatga ega — ular “Google Play” orqali yangilanmaydi. Bu tez orada o‘zgarishi mumkin.
“Android Authority” portaliga ko‘ra, “Google” do‘konining 42.0.18-sonli so‘nggi versiyasida yangi funksiyalarni ko‘rsatuvchi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Shunday qilib, “Google Play” orqali ular uchinchi tomon manbalaridan yuklab olingan yoki muqobil do‘konlardan o‘rnatilgan yordam dasturlari uchun yangilanishlarni olishlari mumkin bo‘ladi.
“Google” platformasida boshqa joylardan yuklab olingan ilovalar ro‘yxatida “Playda yangilash” funksiyasi paydo bo‘ladi.
Ya’ni, endi shubhali saytlarda “apk” fayllarining yangi versiyalarini izlash yoki yordamchi do‘konda yangilanishni kutish shart emas.
Avvalroq “Spot” AQSh sudi “Google"ni qidiruv tizimlari bozorida monopolist deb topgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, kompaniya smartfonlarda standart qidiruv tizimi bo‘lib qolishi uchun milliardlab dollar to‘lab kelmoqda.