“Apple” iOS18'ning beshinchi beta-ersiyasini chiqardi. Bu haqda “9to5mac” nashri xabar berdi.
Yangi beta-versiyada bir nechta yangi funksiyalar mavjud. Eng foydalisi “Distraction Control” (chalg‘itishni nazorat qilish) deb ataladi.
Ushbu funksiya veb-sahifalardan xalaqit beruvchi obyektlarni olib tashlash imkonini beradi.
Foydalanuvchi hamma narsani olib tashlashi mumkin: reklama bannerlari, qalqib chiquvchi oynalar, cookie-fayllarni yig‘ishga rozilik beruvchi yorliqlar.
Qayd etilishicha, ushbu funksiya kengaytmalarni reklama blokerlari bilan almashtirish uchun mo‘ljallanmagan.
Chunki sayt qayta yuklanganda barcha yashirin obyektlar veb-sahifada yana paydo bo‘ladi.
Funksiya, masalan, veb-saytdagi matnni o‘qishga xalaqit beradigan vizual qoldiqlarni olib tashlash uchun mo‘ljallangan.
Chalg‘itishni nazorat qilish funksiyasini faollashtirish uchun “Safari” dock panelidagi belgini bosish kerak. “O‘qish rejimi” yonida “chalg‘itishni boshqarish” funksiyasi topiladi.
Keyin yashirmoqchi bo‘lgan obyektlarni bosish kerak. Ular ko‘k ramka bilan ta’kidlanadi va “Yashirish” tugmasi ham paydo bo‘ladi.
Yo‘q qilmoqchi bo‘lgan obyektlarda ustiga bosish va keyin “Bajarildi” tugmasini bosish kerak. Olib tashlashdan keyin bo‘linishni eslatuvchi noodatiy animatsiya paydo bo‘ladi.
Avvalroq “Spot” iOS 18'da shikastlangan va yo‘qolgan fotosuratlarni tiklash funksiyasi qo‘shilishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, yangi funksiyada qayta tiklash uchun mos fayllar mavjud bo‘lganda foydalanish mumkin.