Sello ekotizimiga 3ta raqamli mahsulot kiradi: Sello Market (marketpleys), Sello Logistic (logistika xizmati), Sello Pay (to‘lov tizimi) masʼuliyati cheklangan jamiyatdan (MChJ) aksiyadorlik jamiyatiga (AJ) o‘tish jarayonini yakunladi.

Bu qadam zamonaviy voqeliklardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi PF №-381 “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish va raqamli texnologiyalar orqali sodir etilgan huquqbuzarliklarga qarshi kurash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, raqamli xizmatlar sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, shuningdek, aholining raqamli moliyaviy savodxonligini oshirishga doir hujjatga muvofiq 2024-yil 1-iyuldan boshlab to‘lov tashkilotlari o‘z faoliyatini faqat ustav kapitali 10 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan AJ shaklida amalga oshirishlari mumkin.

“Aksiyadorlik jamiyatiga o‘tish shunchaki rasmiy tartib emas, balki yana-da ochiq va shaffof jamiyat yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir. Qayta tashkil etish kompaniyaning bozordagi mavqeini mustahkamlash, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va korporativ boshqaruvning yuqori standartlariga rioya etilishini taʼminlash, shuningdek, kompaniyaning uzoq muddatli biznes maqsadlarini hal etishga qaratilgan rivojlanishning yangi bosqichini anglatadi”, — deya izohlaydi, Sello kompaniyasining boshqaruvchi hamkori va bosh direktori Iskandar Yusupov.

reklama, sello

Bunday o‘zgarish kompaniya va uning mijozlariga qanday foyda keltiradi?

Mijozlar va kompaniya uchun konversiyaning afzalliklari:

  • kompaniyaning ochiqligi va shaffofligi oshadi, bu, o‘z navbatida, hamkorlar va foydalanuvchilar tomonidan ham ishonchni mustahkamlaydi;
  • kompaniyaning uzoq muddatli biznes maqsadlarini hal qilish, chunki AJ ga aylantirish Sello kompaniyasiga o‘zining strategik maqsadlarini yana-da samarali amalga oshirish, yangi bozorlarga chiqish va raqobatdosh ustunliklarini mustahkamlash imkonini beradi;
  • xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va yangi mahsulotlarni ishlab chiqish.

2024-yil 5-apreldan boshlab barcha huquq va majburiyatlar MARKETPLACE TRADING aksiyadorlik jamiyati etib hisoblanadi.

Sello haqida

Sello ekotizimi o‘z faoliyatini 2020-yil sentyabr oyida boshlagan va bir necha yil ichida O‘zbekistondagi E-sommerse va fintex bozorining muhim o‘yinchisiga aylana oldi.

Sello ekotizimi Sello Market, Sello Logistics va Sello Pay kabi raqamli mahsulotlari rivojlanayotgan prinsip asosida qurilgan. 2024-yil mart oyida kompaniya yagona ilova doirasida o‘zining Sello Pay to‘lov xizmatini eʼlon qildi. Bugungi kunda Sello o‘z mijozlariga O‘zbekiston fuqarolarining hayotini yana-da qulayroq qilishga yordam beradigan qulay va dolzarb raqamli xizmatlarni taklif etadi:

  • Sello Market — bu merchantlar va xaridorlarni birlashtirgan 20 dan ortiq toifadagi 165 mingdan ortiq mahsulotga ega marketpleys.
  • Sello Pay — bu B2B ekvayring xizmati, yuridik shaxslar uchun saytda QR-kod orqali to‘lov va P2P o‘tkazmalari, jismoniy shaxslar uchun esa turli xizmatlar uchun to‘lov.

Sello Pay o‘z mijozlariga quyidagilarni taklif qiladi:

  • 1-iyuldandan boshlab barcha yangi foydalanuvchilar 3 oy davomida UZCARD va Humo tizimlarida 3 million so‘mgacha mablag‘ni komissiyasiz o‘tkazishlari mumkin;
  • istalgan vaqtda kommunal to‘lovlarni tezda to‘lash va avtomatik to‘lovlarni sozlash;
  • “Mening uyim” va “Mening avtomobilim” tezkor xizmatlaridan foydalanish.

Sello Logistics butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati bo‘lib, biznes hamkorlar kompaniyaning logistika imkoniyatlaridan foydalanishlari uchun, shuningdek, operatorning pochta yoki muvingxizmatidan foydalana oladigan jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Telefon: (+998) 78−113−09−00.

Sayt: sello.uz

Reklama huquqlari asosida.