Amerikaning “Dell” kompaniyasi 12,5 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda, deb yozdi “SiliconANGLE” manbalarga tayanib.
Qayd etilishicha, qisqartirish xodimlarning taxminan 10%ini tashkil qiladi.
Kompaniya savdo va marketing bo‘limlarini qayta tashkil etish doirasida xodimlarni qisqartirmoqda.
Shuningdek, kompaniya sun’iy intellekt xizmatlariga ixtisoslashgan yangi guruh yaratadi.
Kompaniyalar odatda AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasiga bunday keng miqyosdagi ishdan bo‘shatilgunga qadar ariza topshiradilar.
2023-yil fevral oyida “Dell” departamentga taxminan 6 ming xodimni qisqartirish to‘g‘risida bildirishnoma yubordi.
Xodimlarni ishdan bo‘shatishlar soni “Dell” 29-vgust kuni moliyaviy hisobotini e’lon qilganda aniqroq bo‘lishi mumkin.
Kompaniya vakili “SiliconANGLE"ga ishlab chiqaruvchi jamoalarni birlashtirib, qayerga sarmoya kiritishga ustuvor ahamiyat berayotganini aytdi.
“Dell” doimiy ravishda o‘z biznesini rivojlantirmoqda, shuning uchun u o‘z mijozlari va hamkorlariga eng yaxshi innovatsiyalar va xizmatlarni taqdim etishga tayyor, deya qo‘shimcha qildi kompaniya xodimi.
“CRN” ma’lumotlariga ko‘ra, “Dell” o‘tgan yili fevral va avgust oylarida ikki marta ishdan bo‘shatish to‘lqini bilan jami 13 000 kishini qisqartirgan.
Avvalroq “Spot” “Intel” 19 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, qisqartirish xodimlarning 15%iga ta’sir qiladi va kompaniya buni xarajatlarni kamaytirish uchun amalga oshirmoqda.