Gurlan tumanida 4,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan g‘isht zavodi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.
Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida tergovga qadar o‘tkazildi.
Tekshiruvda Gurlan tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ul shaxslari tarmoqqa ulanish ahvolini o‘z vaqtida o‘rganmaganliklari oqibatida “X.Sh.” MCHJ rahbari E.S. va boshqalar MCHJ g‘isht zavodiga o‘rnatilgan transformatorining kuchlanish simlarini teskari ulangani aniqlnadi.
Bunda, elektr energiyasidan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 4,7 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq “Spot” Toshkent viloyatida qariyb 545 mln so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani aniqlangani haqida yozgandi.
Aniqlanishicha, Yangiyo‘l tumanida savdo do‘koni va avtomobillarni yuvish shoxobchasi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan.