Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan uylarning ijara narxlari pasaydi, to‘liq ta’mirlanganlariniki esa, biroz oshdi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tahlilida keltirilgan.
Xususan, poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari iyun oyiga nisbatan o‘rtacha 0,7%ga pasaygan bo‘lsa, to‘liq ta’mirlanganlari uchun o‘rtacha 0,3%ga oshgan.
O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy ijarasi
2024-yilning iyul oyida o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun ijara narxlari iyun oyidagiga nisbatan (0,2%) oshgan bo‘lsa, 2−4 xonali uylarning ijara narxlari pasaydi — 2 xonali uylar 0,4%ga, 3 xonali uylar 1,1%ga, 4 xonali uylar esa 1,6%ga.
O‘rtacha ta’mirlangan uylar uchun nisbatan arzon ijara narxlari quyidagi tumanlarda taklif etilgan:
- Sergeli: 1 xonali — $273, 2 xonali — $335, 3 xonali — $379, 4 xonali — $420;
- Olmazor: 1 xonali — $288, 2 xonali — $343, 3 xonali — $417, 4 xonali — $451.
Bu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari esa quyidagi tumanlarda kuzatildi:
- Yakkasaroy: 1 xonali — $348, 2 xonali — $438, 3 xonali — $574, 4 xonali — $604;
- Mirobod: 1 xonali — $334, 2 xonali — $433, 3 xonali — $557, 4 xonali — $713.
To‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi
Iyul oyida to‘liq ta’mirlangan 1 xonali uy-joylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlari iyun oyidagiga nisbatan pasaygan bo‘lsa-da, 2 xonali, 3 xonali hamda 4 xonali uylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarining oshishi kuzatildi.
Mazkur davrda 1 xonali uy-joylar ijarasi 1,5%ga arzonlashgan, biroq 2 xonali uy-joylar ijarasi o‘rtacha 0,9%ga, 3 xonali uy-joylar ijarasi 1,2%ga, 4 xonali uy-joylar ijarasi 0,6%ga qimmatlashgan.
To‘liq ta’mirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari quyidagi tumanlarda qayd etildi:
- Sergeli: 1 xonali — $341, 2 xonali — $400, 3 xonali — $506, 4 xonali — $591;
- Uchtepa: 1 xonali — $359, 2 xonali — $438, 3 xonali — $552, 4 xonali — $671.
Mazkur turkumdagi eng qimmat ijara narxlari esa quyidagi tumanlarga to‘g‘ri keladi:
- Mirobod: 1 xonali — $447, 2 xonali — $736, 3 xonali — $1 042, 4 xonali — $1 300;
- Yakkasaroy: 1 xonali — $443, 2 xonali — $658, 3 xonali — $388, 4 xonali — $1 170.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga ko‘ra, iyul oyida poytaxtda ijaraning o‘rtacha narxi 1 kv.metri uchun $8,2ni tashkil etdi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4%ga kamaygan.