Tadbirkor ayollar uchun “StartCamp Women” akseleratoriga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Dastur Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtiriladigan BMTTD loyihasi va “U-Enter” innovatsiya markazi bilan amalga oshirilmoqda.

Unda ishlab chiqilgan mahsulot (MVP) va birinchi sotuvga ega ayol asoschilar yoki tarkibida kamida bitta ayol bo‘lgan jamoalar ishtirok etishlari mumkin.

Akselerator startaplar va biznes yetakchilaridan iborat ekspertlar rahbarligida olib boriladi. Tadbirkorlar o‘z startaplari uchun birinchi sotuvlarga erishishda qo‘llab-quvvatlanadi.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘z biznes g‘oyalarini rivojlantirish va mijozlarni jalb qilish uchun amaliy bilim, mentorlik va netvorking imkoniyatlariga ega bo‘lishadi.

Dastur 14-sentabrdan boshlanib, o‘zbek va rus tillarida olib boriladi hamda 8 hafta davom etadi. Dasturning o‘tkazilish manzili — “U-Enter” innovatsiya markazi.

Arizalarni joriy yilning 31-avgustigacha havola orqali jo‘natish mumkin.

Batafsil ma’lumotlar bu yerda.


Avvalroq “C.A.T. Science Accelerator” dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Arizalar joriy yilning 18-avgustigacha qabul qilinadi.