Elektromobillar uchun bojlarni qaytarish taklif etilmoqda. Iqtisodchilar qanday fikrda?
Avvalroq “ADM Jizzakh” avtomobil zavodi bosh direktori Doniyor Davletiyarov elektromobillar importiga bojlarni qaytarish taklifi bilan chiqqandi va bu taklifni Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov qo‘llab-quvvatladi. Biroq, iqtisodchilar import o‘rnini bosish siyosatidan voz kechishga va faqat O‘zbekiston qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga chaqirmoqda.
“Biz hozir elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qoplayapmiz” — Jo‘rabek Mirzamahmudov
Energetika vazirining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston 2030-yilga borib Yevropaga 5 GVtgacha “yashil energiya” eksport qilishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonda ipoteka subsidiyalarini olish osonmi? Ekspertlar fikri
Spot mutaxassislar bilan ipoteka kreditlarini subsidiyalash dasturining ko‘chmas mulk bozoriga ta’siri, uning imkoniyatlari va kamchiliklari haqida suhbatlashdi.
Elektr energetikasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Nimalar belgilanmoqda?
Tariflar va to‘lovlarni Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi belgiaydi.
O‘zbekistondagi banklarda kartadan kartaga pul o‘tkazmalari va to‘lov xizmatlari uchun komissiyalar
Mobil ilovada kartadan kartaga pul o‘tkazish imkoniyati mamlakatdagi 10ta to‘lov xizmati va 27ta bank foydalanuvchilari uchun mavjud.
Haftaning asosiy yangiliklari
- “O‘zaro sertifikatlarni tan olish bo‘yicha hukumatlararo bitim qabul qilamiz” — Texnik jihatdan tartibga solish agentligi.
Agentlik direktori Akmal Jumanazarov hozirda sertifikatlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar bilan muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi. - Faqat aholi roziligi bilan amalga oshiriladi — Toshkent shahar hokimligi renovatsiya loyihasi haqida.
Poytaxt hokimi tomonidan qabul qilingan qaror aholi murojaatlari hamda binolar holati asosida qabul qilingan. - O‘zboshimcha egallangan yerlarni qonuniylashtirishga ruxsat berildi. Nimalar belgilanmoqda?
Hujjat bilan fuqarolar ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga ijara va mulk huquqi asosida qonuniy o‘tkazib olishlari mumkin. Buning uchun ulardan bir martalik to‘lov undiriladi. - O‘zbekistonda mikromoliya banklari faoliyatini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Mazkur bank ustav kapitalining eng kam miqdori 50 mlrd so‘m etib belgilanadi. Aholi omonatlari kafolatlangan omonat miqdorida jalb qilinadi hamda 5 mlrd so‘mgacha kreditlar beriladi. - Hududiy elektr tarmoqlari yangi billing tizimini ishga tushirdi.
Tizimni ishga tushirish 1-avgustga belgilangandi. Biroq, bir qancha texnik jarayonlar sabab, tizim oradan yetti kun o‘tgandan keyin joriy etildi. - O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $1 mlrdga ko‘paydi.
Xorijiy valyutadagi aktivlar kamayishda davom etmoqda. Oltin zaxiralari qiymati esa rekord darajada oshdi. - Raqobat qo‘mitasi TokBorni ustun mavqega ega deb topdi.
Tarmoq elektromobillar va gibrid avtomobillarni quvvatlash xizmatlari bozorining 40%dan ortig‘ini egallaydi. - O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari qo‘shma loyihalarni ishga tushirishda ishtirok etdi.
Olmaotada Toshkent IQXMMI, Chirchiqda esa Auezov University filiallari ochildi. Sian-Xorg‘os-Olmaota-Sariyog‘och-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yuk poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi. - Toshkentning qaysi tumanlarida uy-joy ijara narxlari pasaydi?
Iyul oyida poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan uylar uchun ijara narxlari o‘rtacha 0,7%ga pasaydi, biroq, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha 0,3%ga oshgan. - Iyul oyida avtomobil bozorida savdolar oshdi.
O‘tgan oyda mahalliy va xorijiy yengil avtomobillar sotuvida ham, elektromobillar savdosida ham o‘sish kuzatildi.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
200 dan ortiq abituriyentlar zamonaviy taʼlim dasturlari bilan tanishish, xalqaro ekspertlar bilan muloqot qilish va ish istiqbollari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Click “O‘zing zo‘rsan-da” manifestini taqdim etdi
Click vakillari kompaniya va uning xodimlarini o‘z yechimlarini yaratishga ilhomlantiradigan narsalar bilan o‘rtoqlashdilar.
Sello ekotizimi rivojlanmoqda: MChJdan AJga o‘tkazish tartibi yakunlandi
Sello aksiyadorlik jamiyatiga qayta tashkil etilish tartibini yakunladi. Kompaniya o‘z mijozlariga Sello Market, Sello Pay va Sello Logistics kabi qulay va zamonaviy raqamli xizmatlarni taklif etadi.
2023-yilning birinchi yarmida kompaniya barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yaxshi natijalarni namoyish qildi. Buni kompaniyaning rasmiy hisobotida keltirilgan maʼlumotlar tasdiqlamoqda.