Joriy yilning 6-avgust kuni Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov poytaxtning sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda hokimlik matbout xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda tadbirkor va ishbilarmonlarning faoliyatini kengaytirish hamda ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha takliflari tinglandi. Davlat idoralari tomonidan yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish takliflari ishlab chiqildi.
Tadbirkor Rustam Bo‘riyev 1-iyuldan belgilangan yuridik shaxslar uchun elektr va gazga to‘lovlarni 100% oldindan amalga oshirish talabini ikki baravarga qisqartirishni taklif qildi.
“Asosiy muammolarimizdan biri elektr energiyasi uchun 100% oldindan to‘lovlardir. Aylanmadan olinadigan pullarimizni oldindan to‘laymiz. Shundan kelib chiqib, [elektr va gaz uchun] 50%ni oldindan to‘lashni, qolgan 50%ni esa mablag‘ sifatida ishlab chiqarishga tatbiq etishni so‘radi”, — dedi tadbirkor Rustam Bo‘riyev.
Shuningdek, tadbirkor, Tojikistonga mahsulotlarini eksport qilishda temir yo‘l orqali yuk tashuvlarini amalga oshirish narxi yuqori ekanligini, bu esa tannarx oshishiga olib kelishini qayd etdi.
Bo‘riyev logistika xarajatlarini kamaytirish uchun eksport subsidiyasini ajratishni so‘raganini hamda mazkur masala hokimlikdagi yig‘ilishda ijobiy hal etilganini qo‘shimcha qildi.
Yana bir ishtirokchilardan biri esa subsidiya va imtiyozlar kerak emasligini, balki bozorda adolatli va xolis bo‘lish tarafdori ekanini bildirdi. Lekin, mavzu aynan nima haqida ekanligiga aniqlik kiritilmagan.
2017-yilning iyul oyidan boshlab yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va gaz uchun 100% oldindan to‘lovlar joriy qilingan. 2019-yilning fevral oyida bu 50%gacha pasaytirildi.
2023-yilning 1-oktabridan yirik korxonalar, budjet tashkilotlari, kompaniyalar va boshqa yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va gaz narxlari oshirildi. Aholi uchun esa tariflar 2024-yilgacha o‘zgarishsiz qoldi.
Dekabr oyida Energetika vazirligi tomonidan hukokamaga qo‘yilgan qaror loyihasi bilan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 100% oldindan to‘lov tizimini joriy etish taklif qilindi.
Avvalroq prezident “Elektr energetikasi to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahririni ma’qullagani haqida xabar berilgandi.