“Google” yangi veb-monetizatsiya funksiyasini “Chrome” brauzeriga integratsiyalash ustida ishlamoqda. Bu haqda “Sostav” nashri xabar berdi.
Bu veb-sayt egalariga reklama va obunalardan tashqari kontent uchun foydalanuvchilardan to‘lovlarni olish imkonini beradi.
Monetizatsiyani qo‘llab-quvvatlash har qanday veb-sahifaga maxsus HTML elementi yordamida qo‘shilishi mumkin.
Barcha o‘tkazmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sayt egasi tomonidan ko‘rsatilgan hamyonga amalga oshiriladi.
Usul foydalanuvchilar uchun qulay, chunki u an’anaviy obunalarda tez-tez uchraydigan minimal to‘lov miqdori bilan cheklanmasdan, faqat haqiqatda iste’mol qilingan kontent uchun to‘lash imkonini beradi.
Texnologiya, shuningdek, qimmatli kontent uchun ixtiyoriy hissa qo‘shish imkonini beradi.
Foydalanuvchilar tizimni saytga har bir tashrif uchun avtomatik ravishda mikroto‘lovlarni amalga oshirish uchun sozlashlari mumkin.
Ayni paytda monetizatsiya funksiyasi sinov bosqichida. Rasmiy ishga tushirish sanasi hali e’lon qilinmagan.
Avvalroq “Spot” “Google” “Chrome” brauzerida uchta yangi sun’iy intellekt funksiyasini taqdim qilgani haqida yozgandi.
Brauzerda ish stoli brauzeridagi rasmlardan elementlarni qidirish va brazuer tarixini ko‘rib chiqish uchun sun’iy intellekt qidiruv, bir nechta ochiq yorliqlardan mahsulotlarning yaratilgan sharhi funksiyalari qo‘shiladi.