1-noyabrdan boshlab Rossiyada kriptovalyutani qazib olishga rasman ruxsat berildi. Tegishli qonunni prezident Vladimir Putin imzoladi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi reyestriga kiritilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar mayning bilan shug‘ullanishlari mumkin bo‘ladi.

Fuqarolar ishlab chiqarish energiya iste’moli chegarasidan oshmasligi sharti bilan, reyestrga kiritilmasdan kriptovalyuta qazib olish huquqiga ega bo‘ladi.

Kompaniyalarga qazib olishni elektr energiyasini ishlab chiqarish, uni sotib olish va sotish, uzatish, shuningdek elektr energetika obyektlarini operativ dispetcherlik nazorati bilan birlashtirishi taqiqlanadi.

Maynerlar “Rosfinmonitoring"ga tranzaksiyalarni yozib olish uchun olingan raqamli valyuta va identifikator manzillari haqidagi ma’lumotlarni yuborishlari kerak bo‘ladi. Rossiya maynerlari tomonidan qazib olingan kriptovalyuta Rossiyada to‘lovlar uchun ishlatilishi mumkin.

Rossiya blokcheyn platformalarida xorijiy raqamli moliyaviy aktivlar bilan savdo qilishga ham ruxsat beriladi, biroq ularni ruxsatisiz jismoniy shaxslar tomonidan sotib olish taqiqlanadi.

Rossiya banki raqamli aktivlar va ularning xaridorlari uchun qo‘shimcha talablarni joriy etishi mumkin bo‘ladi.

Raqamli valyutalarni, shuningdek, ularning muomalasini tashkil etish xizmatlarini va tegishli tovarlarni reklama qilish taqiqlanadi. Bundan tashqari, Initial Coin Offering (ICO) orqali investitsiyalarni jalb qilishga ruxsat berilmaydi.

Shu kuni raqamli valyutada transchegaraviy to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat beruvchi qonun imzolandi. Ularni 1-sentabrdan boshlab Rossiya Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan eksperimental huquqiy rejim doirasida amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Sanoatni tartibga solish funksiyalari ham Markaziy bankka yuklangan. U, shuningdek, eksperimental huquqiy rejimlar tashkilotchilari ishini monitoring qilish uchun mas’uldir.

Shuningdek, Milliy to‘lov tizimi asosida kriptovalyuta bilan operatsiyalar uchun elektron platforma yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” Qozog‘istonda “Toncoin” kriptovalyutasiga rasman ruxsat berilgani haqida yozgandi.

Endilikda investorlar litsenziyalangan platformalarda mazkur raqamli aktiv bilan savdo qilishlari mumkin bo‘ladi.