12-avgust kuni Toshkentning qaysi hududlarida elektr energiyasi o‘chirilishi ma’lum qilindi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, dushanba kuni poytaxtning quyidagi tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

Uchtepa yumani:

  • “Ko‘kcha Oqtepa”, “Nishab Ariq”, “A.Qodiriy”, “Jurjoniy”, “Sharq guli”, “Qoryog‘di”, “Istirohat”, “Degrez”, “Xondamir”, “Ibrat”, “Beshqayrag‘och” hamda “Jarbuloq” MFYlarining ayrim hududlarida soat 11:00dan 18:00gacha;

Mirzo Ulug‘bek tumani:

  • “Temur Malik” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00dan 16:00gacha;

Bektemir tumani:

  • “Musaffo” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00dan 18:00gacha elektr energiyasi yetkazib berilmaydi.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Avvalroq Energetika vazirligi oshib boruvchi tariflar qo‘llanilishi iste’molchilarning elektr energiyasidan foydalanishda tejamkorligini oshirganini qayd etgandi. Tizimga yuklamalar kamayib, aholining elektr energiyasidan uzilishlari va avariyalar soni ham kamaygan.