Saudiya Arabistonida cho‘l o‘rtasida sun’iy ko‘l va tog‘-chang‘i kurorti yaratilmoqda. Bu haqda “808.media” nashri xabar berdi.
Qiymati $500 mlrdlik majmua Aqaba ko‘rfazi qirg‘og‘idan 50 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, qishda harorat noldan pastga tushadi va boshqa paytlarda boshqa hududlarga nisbatan 10 °C sovuqroq bo‘ladi.
Suv ombori yaqinida elita uylari, mehmonxona va restoranlar quriladi, tog‘larda chang‘i yo‘laklari jihozlanadi.
Ish 2026-yilga qadar yakunlanishi va 2029-yilda qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tishi va’da qilingan.
Saudiya Arabistoni 2029-yilda ilk bor qishki Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Bu haqda Kambodjada bo‘lib o‘tgan Osiyo olimpiya kengashi assambleyasida ma’lum qilindi.
Qishki musobaqalar qishki o‘rtacha harorat +22 daraja Selsiy bo‘lgan mamlakatda o‘tkaziladi.
Italiyaning “Webuild” qurilish kompaniyasi chuchuk suvli ko‘l yaratish uchun uchta to‘g‘on qurmoqda, shuningdek, shartnoma bo‘yicha qator innovatsion ishlarni amalga oshirmoqda.
Qurilishda 10 000 dan ortiq kishi, jumladan, bevosita xodimlar va uchinchi tomon tashkilotlarining xodimlari ishtirok etmoqda.
“Webuild” shuningdek, ko‘l yuzasini asosiy to‘g‘ondan tashqariga cho‘zadigan futuristik yoyni, me’moriy tuzilmani yaratadi.
U vodiy bo‘ylab osilgan kemaning kamoniga o‘xshaydi va hashamatli mehmonxona, shuningdek, turar-joy maydonini o‘z ichiga oladi.
Avvalroq “Spot” Saudiya Arabistoni haj vaqtida uchuvchisiz havo taksisini ishga tushirilgani haqida yozgandi.
Uning vazifalariga ziyoratchilarni tashish, tibbiy jihozlar va zarur yuklarni yetkazib berish hamda tez yordam ko‘rsatish kiradi.