Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida fotoelektrik tomchilatib sug‘orish tizimi ishga tushdi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
180 metr chuqurlikdagi quduqdan suv chiqarish nasosi umumiy quvvati 7,5 kVt/soat bo‘lgan quyosh fotopanellari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasida ishlaydi.
Tashabbus Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda “EU-AGRIN” loyihasi doirasida amalga oshirildi.
O‘rnatish umumiy maydoni 3 gektardan ortiq yordamchi uchastkalari bo‘lgan 20 dan ortiq xonadonlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Shu bilan birga, standart tomchilatib sug‘orish bilan solishtirganda suvni tejash 60%ga yetadi.
Nasos ayni paytda 10ta xonadonga qarashli 0,8 gektar yer maydonini suv bilan ta’minlamoqda.
Ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasi davlatga sotiladi va tushum quduqlarni saqlash va tizimni boshqarishga sarflanadi.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasining hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Vim Riepman loyihaning qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishdagi rolini ta’kidladi.
Muqobil energiya manbalari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaydi, fermerlar daromadini oshiradi, dedi u.
Shuningdek, “Toshkent viloyati suv ta’minoti” korxonasi tomonidan turli hududlardagi gidrotexnik inshootlarga quyosh batareyalari o‘rnatilmoqda. Yil oxirigacha 3933 dona fotopanel o‘rnatish rejalashtirilgan.
Avvalroq “Spot” Xitoy kompaniyasi Ohangaronda $1,8 mlrdlik energetika loyihasini amalga oshirishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, kompaniya hududda 2 GVt quvvatga ega yashil elektr stansiyasini quradi.