2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha jami 43 882 nafar talabgorga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etildi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shundan 76%i — 33 255 nafari mamlakatdagi nodavlat OTMlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha imtihonlarda ishtirok etishga ruxsat olgan.
Bundan tashqari, 657 nafari xorijiy OTMlar filiallaridan hamda 9 970 nafari xorijiy davlatlarning OTMlaridan o‘qishni ko‘chirishga ariza bergan.
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarining o‘tkazilish sanasi va talabgorlar uchun ruxsatnomalarni berish muddatlari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari 15-iyuldan boshlanib, arizalar my.uzbmb.uz sayti orqali 5-avgustga qadar qabul qilindi.
Undan keyin tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida o‘tish ballari tasdiqlandi.
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bilan birga, O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirish imkoniyati yaratildi. Bunda arizalar transfer.edu.uz sayti orqali qabul qilindi.
Avvalroq o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilgandi.