“UzAuto Motors” matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan kompaniya avtomobillari aks etgan videoga izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillarning sotuvda mavjud bo‘lganligi muallif tomonidan “Onix va Tracker avtomobillari qabristoni…” deb iddao qilingan videorolik tarqaldi.

“Mazkur video Andijon viloyatidagi dilerlik markazlaridan birining hududida avtomobillarni yuklash jarayonida haydovchi tomonidan suratga olingan”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Foydalanuvchilarga ma’lumotlarni “UzAuto Motors"ning rasmiy sayti va davlat kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan bilish tavsiya etildi.

Shuningdek, kompaniya OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internetda yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun O‘zbekiston qonunchiligiga binoan ma’muriy javobgarlik ko‘zda tutilganligini eslatib o‘tdi.


Avvalroq “Spot” “UzAuto Motors” Mo‘g‘ulistonga “Cobalt” avtomobillarini eksport qilishni boshlagani haqida yozgandi.

Rasmiy diler mahalliy “Doctor Auto Chain” kompaniyasi hisoblanadi. Hozirda O‘zbekistonda “Cobalt” sotuvda mavjud emas.