12-avgust kuni “Uzcard” to‘lov tizimida uzilishlar yuz berdi. Yagona umumrespublika protsessing markazi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, profilaktik ishlar olib borilgan.
Xabarda shu kuni soat 12:10dan 12:30gacha texnik va profilaktik ishlar olib borilishi sabab, “Uzcard” infratuzilmasida E-POS xizmat ko‘rsatilishida uzilishlar kuzatilishi qayd etildi.
Bundan oldin, Yagona umumrespublika protsessing markazi 12-avgust kuni soat 02:00dan 03:00gacha texnik va profilaktik ishlar olib borilishini bildirgandi.
Bu vaqtlarda ATMlarda, E-POS, POS terminallarda aloqa ulanishida qisqa muddatli uzilishlar, xalqaro to‘lov tizimlari kartalariga hamda xorijda kobeyj kartalariga xizmat ko‘rsatilishida uzilishlar yuz berishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, bu kabi holat joriy yilning 8-iyul kuni ham sodir bo‘lib, pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq operatsiyalar cheklandi.