Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligi yuzasidan davlat va nodavlat telekanallariga ko‘rsatma xati yubordi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Oxirgi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari, jumladan, telekanallar orqali reklamalarni tarqatish yoki joylashtirishda qonunchilik talablari buzilishi holatlari ko‘zga tashlanmoqda.
Shundan kelib chiqib, qo‘mita tomonidan raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderlarga (teleradiokanallar) ko‘rsatma xati yuborildi.
Telekanallar bir oy muddatda reklamaga oid o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib muvofiqlashtirishi va qayta ko‘rib chiqishi kerak.
Ko‘rsatma xati talablaridan kelib chiqib, qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda sohaga oid monitoring tahlillari o‘tkazadi.
O‘rganishlarda qonun buzilishi aniqlansa, bu holatga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan qat’iy ta’sirchan choralar, shu jumladan moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
Raqobat qo‘mitasi “TokBor"ni ustun mavqega ega deb topgandi. Tarmoq elektromobillar va gibrid avtomobillarni quvvatlash xizmatlari bozorining 40%dan ortig‘ini egallaydi.