Oltinning global narxi ayni paytda troya unsiyasi uchun $2460 bo‘lib turibdi.
Kecha, 12-avgust kuni narx $2475gacha chiqib, avgust oyi hisobiga rekordni yangiladi.
Xabar nashr qilinayoygan vaqtda “Trading Economics"da oltin narxi $2460,41ni tashkil qildi.
O‘zbekiston Markaziy bankining 13-avgust kuni bo‘yicha bergan ma’lumotida oltin quymalarning 1 grammi uchun narx 1 mln 36 ming so‘mgacha yuqoriladi.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 5 mln 180 ming so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 10 mln 361 ming som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 20 mln 721 ming so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 51 mln 804 ming so‘mni tashkil qiladi.
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $1 mlrdga ko‘paygani haqida yozgandi.
Xorijiy valyutadagi aktivlar miqdori kamayishda davom etmoqda. Xususan, o‘tgan oyda valyuta zaxiralari $781,5 mln kamayish bilan $7,68 mlrd bo‘lgan.
Biroq, oltin zaxiralari qiymati o‘tgan oyga nisbatan $1,83 mlrdga oshib, $29,15 mlrdni tashkil etdi: