Samarqandda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulaish natijasida 121 mln so‘mdan ortiq elektr energiyasi talon-toroj qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Jomboy tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda “B.K.” MCHJ ish boshqaruvchisi I.P. quvvati 12 kVt/s bo‘lgan suv nasosini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri yashirin yo‘llar bilan ulab olgani aniqlandi.

Buning natijasida jami 121,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Uychi tuman bo‘limi tomonidan ham o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda fuqaro I.O. umumiy ovqatlanish shoxobchasi sifatida foydalanib kelayotgan noturar binoda umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olganligi aniqlangan.

Buning natijasida esa jami 97,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Avvalroq “Spot” Xorazmda g‘isht zavodi 4,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, Gurlan tumanida g‘isht zavodiga o‘rnatilgan transformatorning kuchlanish simlari teskari ulangani aniqlandi.