Avvalroq 15-iyuldan 15-avgustgacha “To‘qimachi” hamda “Toshkent yo‘lovchi” bekatlari oralig‘idagi temir yo‘lda texnik ta’mirlash ishlari olib borilishi ma’lum qilingandi.
Bu vaqt oralig‘ida Toshkent-Markaziy vokzalidan amalga oshiriluvchi aksariyat poyezdlar Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlandi.
16-avgust sanasidan Toshkent-Markaziy vokzali o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent-Markaziy vokzalidan qatnovchi mahalliy yo‘nalishlarga sayohat Toshkent-Markaziy vokzalidan davom ettiriladi.
Ya’ni yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezyurar “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va Toshkent-Volgograd-Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezdlar harakati Toshkent-Markaziy vokzalidan amalga oshiriladi.
hozirda Toshkent-Markaziy vokzali va To‘qimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar 16-avgustdan boshlab Toshkent-Janubiy vokzalidan harakatlanadi.
Avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektrpoyezdlarining ertalabki jadvaliga o‘zgartirish kiritishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
Vagon zavodlarini modernizatsiya qilishga $30 mln ajratish rejalashtirilmoqda. Kompaniya lokomotiv parkini 2033-yilgacha bosqichma-bosqich yangilash belgilangan.