“Spot” 2024-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha O‘zbekiston banklarining moliyaviy hisobotlari bilan tanishdi.
Aniqlanishicha, iyul oyiga kelib, banklarning deyarli barchasi foydaga kirgan. Xususan, bu davrda 944,5 mlrd so‘m sof foyda bilan “O‘zmilliybank” yetakchilikni egalladi.
Undan keyingi o‘rinlarda 768,3 mlrd so‘m bilan “O‘zsanoatqurilishbank” hamda 740 mlrd so‘m bilan “Ipak Yo‘li” banki turibdi. Shuningdek, ikkita moliya instituti zarar ko‘rgan.
Yilning birinchi yarmida quyidagi 10ta bank eng daromadli bo‘ldi:
- “O‘zmilliybank” — 944,9 mlrd so‘m;
- “O‘zsanoatqurilishbank” — 768,3 mlrd so‘m;
- “Ipak Yo‘li Bank” — 740 mlrd so‘m;
- “Kapitalbank” — 712,3 mlrd so‘m;
- “Hamkorbank” — 668 mlrd so‘m;
- “Orient Finance bank” — 418,7 mlrd so‘m;
- “Trastbank” — 400,3 mlrd so‘m;
- “KDB Bank O‘zbekiston” — 249,7 mlrd so‘m;
- “Ipoteka bank” — 191,8 mlrd so‘m;
- “Davr bank” — 188,7 mlrd so‘m.
Shu bilan birga, keyingi o‘rinlarda “Asia Alliance bank” (172,2 mlrd so‘m), “TBC bank” (154,3 mlrd so‘m), Xalq banki (135,6 mlrd so‘m) hamda “Aloqabank” (109,69 mlrd so‘m) joylashdi.
Quyidagi 8ta bank 10 mlrd so‘mdan 100 mlrd so‘mgacha foyda olgan:
- “InFinbank” — 94,6 mlrd so‘m;
- “Universal bank” — 79,9 mlrd so‘m;
- “Asakabank” — 70,9 mlrd so‘m;
- “Octobank” — 49,7 mlrd so‘m;
- “Anor bank” — 39,3 mlrd so‘m;
- “Ziraat bank” — 37,8 mlrd so‘m;
- “Agrobank” — 17,7 mlrd so‘m;
- “Turonbank” — 13,5 mlrd so‘m.
Navbatdagi 6ta bank esa 10 mlrd so‘mgacha foyda oldi:
- “Uzum bank” — 8,3 mlrd so‘m;
- “Poytaxt bank” — 7,2 mlrd so‘m;
- “Mybank” (sobiq Madad Invest bank) — 6,49 mlrd so‘m;
- “Mikrokreditbank” — 3,5 mlrd so‘m;
- “Garant bank” — 1,5 mlrd so‘m;
- “Smart bank” — 275,4 mln so‘m.
Shuningdek, bu davrni zarar bilan yakunlagan banklar ham mavjud. Bular quyidagilar:
- “Tenge bank” — 15,6 mlrd so‘m;
- “Apex bank” — 13,1 mlrd so‘m.
Hozirda davlatga qarashli Biznesni rivojlantirish banki va “Hayot bank”, “AVO bank”, “Yangi Bank” hamda “Saderat bank” kabi xususiy banklar, shuningdek, yanvar oyida ro‘yxatdan o‘tgan Qozog‘istonning Yevroosiyo bankining foydasi haqida ma’lumotlar yo‘q. Agar banklarning moliyaviy hisobotlari e’lon qilinsa, ro‘yxat yangilanadi.
Avvalroq iyul oyida Markaziy bank amaldagi qonunchilikka rioya qilinmaganligi uchun 20ta bankni ogohlantirgani haqida xabar berilgandi.