Toshkent viloyatida oqava suvlarni tozalash bo‘yicha tozalash inshooti qurilishi boshlanadi, deya xabar bermoqda “O‘zsuvta'minot” matbuot xizmati.

Loyiha O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, “Abu Dhabi Sustainable Water Solutions” (SWS) va “O‘zsuvta'minot” kompaniyasi o‘rtasida kelishuv imzolanganidan so‘ng ishga tushirildi.

Loyihani “SUEZ” Fransiya) va “Marubeni” (Yaponiya) — SWS texnologik sheriklarini o‘z ichiga olgan kompaniyalar konsorsiumi amalga oshiradi.

Birinchi bosqichda inshootning quvvati kuniga 1 mln kubometrni tashkil qilishi kerak, undan keyin 1,5 mln kubometrgacha ko‘tariladi.

Loyiha doirasida zamonaviy “SCADA” va “GIS” tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan. “SCADA” (nazorat qilish va ma’lumotlarni yig‘ish tizimi) — real vaqt rejimida suvni tozalash jarayonlarini avtomatik ravishda kuzatish va boshqarish imkonini beruvchi dasturlar va uskunalar to‘plami.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha elektr energiyasi iste’molini 10 mln kVt dan ortiq qisqartirishga ham yordam beradi.

Amalga oshirish, shuningdek, qariyb 1,5 mln aholiga kanalizatsiya xizmatini yaxshilash, shuningdek, 500 mingdan ortiq fuqarolar va 100dan ortiq tadbirkorlik subyektlariga markazlashtirilgan xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan.


Avvalroq “Spot” 1-apreldan Surxondaryoda ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshirilishi haqida yozgandi.

O‘tgan yilning avgustidan viloyatda ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun yangi tarif belgilangandi.