Toshkentning beshta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
14-avgust kuni ta’mirlash ishlari sabab Mirzo Ulug‘bek, Yangihayot, Chilonzor, Yunusobod va Bektemir tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Xususan:
Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00dan 18:00gacha)
- Aholi iste’molchilari soni: Oliy himmat ko‘chasidagi 15 ta yerli xonadon;
Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
- Aholi iste’molchilari soni: “Xo‘ja Uchqun” MFY Yoshlar, “G‘uncha”, “Hidoyat” va “Daryo” ko‘chalaridagi 224ta yerli xonadon;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 4ta.
Chilonzor tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha)
Aholi iste’molchilari soni:
- “Sharq tongi” MFYdagi 601 ta yerli xonadon;
- “Xonto‘pi” MFYdagi 524 ta yerli xonadon;
- “Xayriobod” MFYdagi 432 ta yerli xonadon;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 10ta.
Yunusobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)
Aholi iste’molchilari soni:
- “Otchopar-1” MFYdagi 280 ta yerli xonadon va 2ta ko‘p qavatli uydagi 80ta xonadon;
- “Otchopar-2” MFYdagi 260 ta yerli xonadon va 2ta ko‘p qavatli uydagi 80ta xonadon;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 22ta
Bektemir tumani (soat 09:00 dan 17:00 gacha)
- Aholi iste’molchilari soni: “Ustozlar” MFY Nurli ko‘chasidagi 190ta yerli xonadon;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 2 ta.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Avvalroq “Spot” Samarqandda ohak sexi 3,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, Kattaqo‘rg‘on tumanida tadbirkor yashirin sex tashkil etib, tijorat maqsadida yuqori bosimli gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan.