AQSh Milliy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 2020−2023 yillardagi “Hyundai Palisade” krossoverlarini qaytarib olishga olib keladigan tekshiruvni boshladi.

Qayd etilishicha, mazkur modeldagi avtomobillarning qaytarib olinishiga xavfsizlik kamarining nosozligi sabab bo‘lishi mumkin.

2020-yildan 2023-yilgacha ishlab chiqarilgan “Hyundai Palisade” rusumli jami 332 288ta avtomobil xavfsizlik kamarlarining to‘satdan yechilishi sababli chaqirib olinishi mumkin.

AQSh Milliy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi allaqachon ushbu nosozlik haqida krossover egalaridan 37ta shikoyat olgan.

To‘liq miqyosda chaqirib olish haqida gapirishdan oldin, boshqarma mutaxassislari dastlabki tadqiqotni, keyin muhandislik baholashini va shundan keyingina muhandislar nosozlikni aniqlasa, ishlab chiqaruvchi chaqirib olish kampaniyasini o‘tkazishi kerak.


Avvalroq “Spot” “Hyundai” AQShda 67 mingga yaqin avtomobilini chaqirib olishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, avtomobillarning qaytarib olinishiga yonilg‘i nasosidagi muammo sabab bo‘lgan.